Sana: 13.05.2025
Falcon 9 birinchi bosqichning o'zida 28 ta Starlink sun’iy yo‘ldoshini orbitaga chiqardi!
2025-yil 13-may kuni SpaceX Falcon 9 raketasi yordamida Starlink tarmog‘i uchun 28 ta sun’iy yo‘ldoshni uchirib, yana bir bora kosmik sanoat tarixiga kirdi: u birinchi bosqichni rekord darajada ya'ni 28 marta qayta ishlatdi.
Mazkur amaliyot Floridadagi Kennedi kosmik markazi maydonchasidan Toshkent vaqti bilan 10:02 da amalga oshirildi. Raketа navbatdagi global internet qamrovini kengaytirish missiyasi doirasida sun’iy yo‘ldoshlar guruhini past Yer orbitasiga muvaffaqiyatli olib chiqdi.
Missiyaning eng muhim jihati — Falcon 9 raketasining B1067 seriyali birinchi bosqichi. Bu blok ilgari ham bir necha missiyalarda, jumladan Xalqaro kosmik stansiyaga yuklar yetkazish, aloqa sun’iy yo‘ldoshlari va oldingi Starlink partiyalarini uchirishda ishlatilgan. Bosqich ajralgach, u Atlantika okeanidagi “Just Read the Instructions” dengiz platformasiga yana bir bor muvaffaqiyatli vertikal qo‘nishni amalga oshirdi.
Ushbu uchirish qayta foydalanish texnologiyasining yetukligi va samaradorligini namoyish etadi — bu SpaceXning kosmosga chiqish xarajatlarini kamaytirish strategiyasining asosiy tarkibiy qismidir.
Chekka hududlarda ham keng polosali internetni ta’minlashga qaratilgan Starlink loyihasi faol rivojlanishda davom etmoqda. Bu uchirishdan so‘ng orbitadagi faol Starlink sun’iy yo‘ldoshlar soni 7 100 dan oshdi.
SpaceX tarmoq qamrovini yanada kengaytirish, tarmoq xususiyatlarini va ulanish tezligini oshirishni rejalashtirmoqda.